07:03 Asalli quymoqchalar | |
Nonushta dasturxonini bezaydigan ushbu quymoqchalar bolalar uchun ham sevimli taomlardan biridir. Masalliqlar10-12ta uchun): -3ta tuxum -1stakan qatiq -1chimdim tuz -1chimdim shakar(yoki 0.5stakan) -1.5stakan un(yoki undan kamroq) -3-4 osh-q asal -1 osh-q o’simlik yog’i Tayyorlash: Tuxumlarni chaqib, yaxshilab aralashtiramiz. Uning ustidan qatiq+tuz+shakarni solib yaxshilab aralashtiramiz ![]() So’ngra unni solib, bir xil miqdor bo’lguncha aralashtiramiz. ![]() Tovani qizitib, 1 osh-q o’simlik yog’I solib, tovaning barcha qismiga yoyamiz va yarim cho’michdan(yoki o’zingiz hohlagan kattalik uchun tanlagan miqdorda) tovaga solib, ikkala tomonini ham qizartirib olamiz. ![]() Quyqmoqchalar biroz sovugach, ustiga asalni surib chiqamiz va likopchalarga tortamiz. Lobar opa reseptlari bo'yicha qilindi Maslahatlar: 1.Quymoqni pishirishda olov past bo’lishi lozim, aks holda quymoq yaxshi pishmasdan, osti tez kuyib qolishi mumkin. | |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |