07:22 Buxorocha palov | |
Masalliqlar: -500 gr go'sht -1 kg sabzi -1 dona katta piyoz -400 gr yog' -1 kg guruch -ziravorlar -suv -xohishga qarab 2-3 bosh sarimsoq -xohishga qarab 3-4 dona tuxum Tayyorlash: -Go'shtni o'rtacha kattalikda kubik qilib, archilgan sabzini somoncha qilib, piyozni parrak qilib to'g'rab olamiz. -Buxorocha palovimiz boshqa palovlardan farq qilib,avval go`shtni yaxshilab qovuramiz. Keyin piyoz solamiz va bir hovuch sabzi solib qovuramiz. -Piyoz kuyib qolmasligi uchun yaxshilab qovurganimizdan so`ng, qolgan sabzilarimizni solib yoyib chiqamiz. 1 piyola suv solib 30 minutcha past olovda dimlab qo`yamiz. Bunda sarimsoq piyoz solmoqchi bo`lsangiz sabzining oralariga joylashtirasiz. -Sabzimiz yumshagandan so`ng ustidan ziravorlarni sepib chiqamiz.va yaxshilab yuvilgan guruchimizni solib bir tekisda yoyib chiqamiz. Ustidan barmog`imizning birinchi bo`g`imigacha keladigan suv solib, tuz ham solib, qopqoqni yopamiz. Barmog`imizni guruch ustiga qo`yib suvni o`lchaymiz.olovni balandlatib, suvimiz hammasi qaynab tugaguncha qozonni kovlamaymiz. suv qaynab tugagandan keyin kapkir bilan faqat guruchimizni ag`daramiz va 10 minutcha qo`yamiz ,yana olib bir marta takrorlaymiz,keyin guruchni hammasini qozonimiz o`rtasiga to`g`day qilib qo`yamiz. 15 minut dimlaymiz,bo`ldi taomimiz tayyor. 15 minut dimlaymiz. Taomimiz tayyor. Suzishda guruch bilan sabzi aralashtirilmaydi. Avval guruch, keyin ustidan sabzi, keyin go`shtlarini suzamiz. Buxoroning palovi mana shunisi bilan farq qiladi,yani guruch bilan sabzi aralashtirilmaydi. | |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |