07:27 Palov dimlash | |
Masalliqlar(6 kishi uchun): -Palov uchun zirvak -1kg guruch Tayyorlash: Zirvakdagi go’sht va boshqa masalliqlarni qozonning chetiga suramiz. So’ng yuvilgan guruchni solib, kapkir bilan bir tekis(sabzilarini chiqarib yubormasdan) sekin-asta yoyamiz. Olov o’rtacha xolatda. Guruch yuzasini 2sm baland ko’madigan darajada suv solamiz. Guruch suvni butunlay shimguncha guruchga tegmaymiz. Guruch yuzasidagi suv ketgach qozon yuzasidagi guruch qavatini ag’darib chiqamiz. kirgazamiz. Sekin-asta guruchni qozon o’rtasiga to’playmiz. Guruchni kapkirda urib ko’rganimizda do’p-do’p ovoz chiqsa demak palov dimlashga tayyor degani. (Agar guruch suvini shimib bo’lmagan bo’lsa, urilganda chap-chap degan ovoz chiqadi, chunki guruchda hali suv bo’lgani sababli, bunda ham dimlansa osh suvliroq chiqadi) Hohishga ko’ra tuxum chaqib, magiz va zira sepib(manda yo'q edi), qopqoqni zich yopib, olovni eng past darajaga pasaytirib, 15-20daqiqa oshni dimlaymiz. Pishganda Alloh foydalantirsin!
| |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |