Monday, 25.11.2024, 17:36
Welcome, Guest
Asosiy » 2012 » April » 22 » Ranglarni qanday o'rgatamiz
11:23
Ranglarni qanday o'rgatamiz
Ranglarni o'rgatish uzoq vaqt davom etuvchi mashg'ulotlardan biri bo'lib, u bolaning kichikligidan 3-6oylikdan o'yinchoqlarni hilma-hil ranglari, mevalarning ranglari va hkz rangli, bir biridan farq qiluvchi narsalarni bola qo'liga berish, o'ynatishdan boshlanadi. Bolaning miyyasida bir-biridan farq qiluvchi ranglar mavjudligini ko'z bilan ko'rish orqali eslab qoladi. Vaqt o'tishi bilan  sekin-asta bolaga kartochkalar orqali meva, hashorot, hayvonlar va hkzlar o'rgatilganidan keyin keyingi qadamga o'tiladi, bu qizil olma, bu sariq banan va hkz.   
 Yana bo'yoqda bo'yash mashqlarida, qalamda chizish mashqlarida ham doim ranglarning nomi aytib o'tilishi ayni maqsadga muvofiqdir. Bundan mashgulotlar har kuni, oddiy kundalik holatdek o'tihsi lozim, agar orada ko'p vaqt o'tsa bola o'rgangan narsalarini esdan chiqarishni boshlashi yoki qiziqishi qolishi ham mumkin. Har kun biror narsa bilan shug'ullanilganda orada yangi ma'lumotlarni shu tarzda kiritib ham boriladi.
Bolaning narsa, rang va shakllar haqidagi ko'rish orqali eslab qolingan narsalar bilan onaning so'zlari orasida bog'liqlik paydo bo'la boshlaydi. Vaqt o'tishi bilan qizil olma, sariq banan, yashil bodring, ko'k osmon kabi ma'lumotlar bola miyyasida qattiq o'rnashgandan so'ng, sekin-asta ranglarni farqlash va uni izlab topish mashg'ulotlari boshlanadi. 18-20oylik bolalarga har kuni imkon qadar har hil uslublarda ranglarni o'rgatish mumkin.  Misol uchun biz quidagi uslubdan foydalanib ranglarni tez o'rganib, aytishni boshlagan edik:
Qulupnay yeyayotgan vaqtimiz edi, voy qulupnayni rangini qaranglar qizil ekan, huddi pamildorining rangidek, iye Hadichani koftasidayam qizil rang borakan, mashaalloh, ana qara qizim, qulupnay qizil ekan, huddi sani koftangga o'xsharkan(shu vaqt yaqinroqda qizil rangi bor nima bo'lsa o'shani ham qo'shib o'tar edik). Ko'chaga chiqqanda, voy osmonni ko'k ekan, rosa choroyli, anavi mashinani qaranglar , uham ko'k ekan, huddi osmondagidek. Ko'proq farzandlarimni kiyimlariga nisbat ham berardik, kiyinish vaqtida Abbosning futbolkasi huddi bodringga o'xshab yashil ekan, haaa anavi mashinangning rangi ham yashil ediya deb erinmasdan mashinasini ham olib kelish kk. Qanchalik ota-ona bolani ehtiyojlarini qondirib, ham taomlanishi, ham tozaligi, sog'ligi, dinini, ilmini o'rgatsa, farzand ham shunchalik ota-oinaga hurmat bilan qaraydi. O'zimizni holatdan oladigan bo'lsak, agar bir hafta hech narsa bilan shug'ullanmasak kichik bo'lsada 2yoshga to'lmagan qizim ham gaplarimga uncha quloq solmaydi, bu narsa huddi man uni hohishiga qaramaganimga yarasha u ham mening hohishimga qaramaydi.
Ranglarni topish o'yini ham juda qiziqarli bo'ladi, biror rangni qo'lga olib, yurila uydan shu rangni topamiz deb uydan qidirish, voy shkafning rangi jigarrang ekana, stulni rangi ham huddi shunaqa, qani yana nimaning rangi jigarrang ekan deb qidiriladi, lekin boladan qani top deyish avvalda to'g'ri emas, chunki bolaning qiyinchilikka tashlab qo'yish hisoblanadi, shu sababli boladan rangni aytish yoki topish so'ralmaydi, agar hato ko'rsatsa tabassum bn indamasdan o'tish yoki haa bumi sariq ekanku deb turib, yana o'sha jigarrangga tez qaytish kerak bo'ladi.
Quidagi kartochkalarni ham nashr qilib foydalanilsa bo'ladi
 


$IMAGE4$

Tajriobali onalardan qo'shimcha maslahatlarni ham kutib qolamiz.
Ko'rilgan: 1289 | Maqola egasi: Admina | Tags: ranglarni o'rgatish | Reyting: 5.0/1
Umumiy fikrlar: 0
Name *:
Email *:
Code *: