10:38 Biryani-Hindiston taomi | |
Biryani Xindiston taomi bo’lib, juda ajoyib ta’mga ega, u huddi bizdagi oshning boshqa turiga o’xshaydi. Biryanining turlari ko’p bo’lib, Tovuqli Biryani, Sabzavotli Biryani, Qo’y go’shtili Biryani, Khan Biryani, Kachche Murgh Ki Biryani va hkz. Quida biz kundalik qilinadigan Tovuqli Biryanining reseptini keltiramiz. Masalliqlar( 5-6kishi uchun): -1kg basmati guruchi(uzunchoq guruch,devzira ham bo’ladi) -1.2kg tovuq go’shti -1dona bolgarskiy -2dona piyoz -2dona pamildori -0.5stakan o’simlik yog’i -2osh-q saryog’(hohlaganlar solmasa ham bo’ladi) -6-7bo’lak sarimsoq Ziravorlar: (Quidagi barcha ziravorlar o’rniga pokiston bozorlarida sotiladigan BIRYANI MASALAni ishlatish ham mumkin) -1choy-q qora murch -1osh-q zanjabil(yoki zanjabil tuyulgani) -1osh-q zira(yoki zira tuyulgani bo’lsa yaxshi) -1osh-q korisa(корица) -1choy-q qizil bolgari tuyulgani(babrika) -2-3dona lavr bargi -2parrak quritilgan limon donachasi -1choy-q qalampir munchoq -1choy-q hel -2osh-q kashnich urug’ining tuyulgani -1choy-q sariq rang
Tayyorlash: Avval guruchni 30daqiqaga suvga solib ivitib qo’yamiz(aks holda guruch pishmay qoladi) Tovuqni va 1dona piyozni to’rtga bo’lib, qozonga suv solib shu tovuq, piyoz va 2dona lavr bargini solib qaynatib, tovuqni pishirib olamiz. Tovuq pishgach, suvdan olib quritib artamiz va qizib turgan yoqqa saryog’imizni solib, darxol tovuqni ham solib, ustki qismini qizartirib olamiz. So’ngra piyoz, bolgarskiy, pamildorini kichik shaklda to’g’rab qozonga solamiz va yana zanjabilni qirg’ichning kichik qismidan chiqarib solamiz, maydalangan sarimsoq va barcha ziravorlar va tovuqni ham solib, 4-5daqiqa dimlab qo’yamiz. Qovurma ustidan avval tovuq qaynatgan suvimizdan 2stakan solamiz va yana 2daqiqa atrofida qaynatamiz. So’ngra masalliq ustidan ivitilgan guruchimizni solib, ustidan tovuq sho’rvasidan guruchni biroz ko’madigan miqdorda solamiz va 15daqiqaga dimlab qo’yamiz. Vaqt o’tgach, rangni 3osh-q suv bilan aralashtirib, guruch yuzasiga sepib chiqamiz va qoshiqda yuza qismini biroz aralashtirib, yana 20daqiqaga dimlab qo’yamiz. Guruchimiz pishgach, olovni o’chirmasdan qozon qopqog’ini ochib qo’yamiz(5-7daqiqaga). So’ngra qozon ustiga laganni teskari qo’yib, laganni pastki qismga qozonni lagan ustidagi xolatda ag’daramiz va qozonni qimirlatib ichidagi masalliqni laganga tushiramiz. Taomimiz tayyor!
Maslahatlar: 1.Bodomni 10daqiqa issiq suvda ivitib olib, po’stini archib, ikkiga bo’lib, biroz yog’da qovurib olib, biryani yuzasiga sepsangiz ham biryani mazali bo’ladi. 2.Agar guruch hammasi sariq rangda bo’lishini hohlasangiz, sariq rangni biroz ko’proq solib, gururchning hamma qismiga solishingiz kerak. 3.Ziravorlar o’rniga Biryani masalasini ishlatsangiz, biryaningiz achchiqroq chiqadi.
Корица
Muhayyo tayyorladi Alloh yaxshiliklarga sababchi qilsin! | |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |