14:55 Borek-Turkiya taomi | |
![]() Masalliqlar: Hamir uchun: -4stakan elangan un -4osh-q etirilgan margarin(yoki saryog') -1dona tuxum -0.5stakan issiq suv -hamir yuzasiga surish uchun margarin(yoki saryog') Nachinka uchun: -0.5kg qiyma(yoki mayda to'g'ralgan go'sht) -2dona piyoz -1choy-q zira Zalivka uchun: -2osh-q qatiq -1dona tuxum -1chimdim soda -1osh-q saryog' Tayyorlash: Qatiq+tuxum+sodani aralashtirib olamiz. ![]() Go'shtni piyoz bilan biroz qovurib olamiz va suvini ajratamiz. ![]() Stolga kraxmal sepib(hamir shunda yopishmaydi) hamirni eng yuqa darajada yoyamiz, yirtilib ketishidan ehtiyot bo'ling. ![]() Hamirimizni eritilgan margarin surib yog'laymiz va yarmigacha go'shtli masalliqni yoyamiz. ![]() Hamirni go'sht ustini yopadigan qilib qayiramiz ![]() Rulet kabi o'raymiz(hamirni gosht qismini o'rab, qolganini kesib tashlash mumkin. ![]() Pishiriladigan idishga aylantirib joylashtiramiz. ![]() Ustidan go'shning suvini quyamiz. ![]() Ketidan qatiqli aralashmani quyamiz. ![]() 180Cda 45daqiqa atrofida pishiramiz. Ustini folga qog'oz bilan yopib, yana pishirgichga 15daqiqaga qo'yamiz. ![]() Pishirgichdan olgach, ustiga laganni qo'yamiz va teskarisiga ag'daramiz, idishni olib, borekni ustki qismini ostka qaratamiz. ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() Likopchalarga tortamiz! Bu reseptdagi go'sht o'rniga baliq konservasini ishlatsa ham bo'ladi
| |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |