15:03 Cho'zma lag'mon hamiri | |
!!! BISMILLAH!!! Masalliqlar Hamir uchun: -0.5stakan suv -1dona tuxum -0.5 osh-q tuz -2stakan un Alohida suyuqlik uchun: -0.5stakan suv -0.5 choy-q soda -0.5 osh-q tuz Tayyorlash: Unning o’rta qismiga tuxum+0.5stakan suv+tuzli aralashmani solamiz va vilkada sekin-astalik bilan atrofdan un olib hamir qoramiz, hamirimiz qattiq chiqishi kerak. So’ng hamirni stolga olib, yaxshilab unlab 15daqiqacha yaxshilab mushtlaymiz , ya’ni unni hamirga yediramiz, toki hamir qo’lga yopishmaydigan bo’lguncha davom etamiz. Hamirimizni selofanga solob, 1soatga sovutgichga qo’yamiz. 1-usul. 0.5stakan suv+soda+tuzli alohida aralashma tayyorlab olamiz. Barmoq-kaftimizni suvga botirib ho’llab, hamirimizni kaftlarimiz orasida ezib, suvini yediramiz va bu jarayonni 7-8marotaba takrorlaymiz. 2-usul. Bunda hamirni oddiy kesib, 2x10sm qalinlikda, yaxshilab yog'lab, 20minutga tindirib, yana cho'zib, kesib, yana yog'lab, keyin quidagicha davom ettirsa ham bo'ladi: Suvni yaxshilab yedirib, hamirdan to’g’rito’rtburchak shaklini yasaymiz va qalinligi 1.5smlikda tayoqchalar kesib chiqamiz. Har bir tayoqchani 30sm uzunlikkacha yoyib, o’rtasidan kesib chiqamiz. Birorta tarelkaga yog’ quyib, kesilgan tayoqchalarni avval shu yoqqa yaxshilab botirib olib, so’ng osti biroz yog’langan laganga tayoqchalarni aylanma shakl bo’ylab terib chiqamiz. Tayoqchalarni terib bo’lgach, ustini selofan bilan yaxshilab yopib, 15daqiqa tindirib qo’yamiz. Har bir tayorchani olib, avval 50sm, so’ng 70sm uzunlikkacha yoyamiz va so’ngra 70smlik tayoqchani ikkiga buklab sekin asta urib cho’zamiz. O’rtacha olovda qaynab turgan suvga solib, hamirlarimiz suv yuzasiga chiqib suza boshlaganda chovlida suzib olamiz va lag’mon bir-biriga yopishib ketmnasligi uchun yog’lab qo’yamiz.(yoki sovuq suvda bir marta chayib yuboramiz) Alloh barokot bersin! Resept quidagi videoga asoslanib qilingan, shu videoni ko’rib, yuqoridagi reseot ham o’qib chiqilsa, har bir jarayon tushunarli bo’ladi inshaalloh! Lag'mon hamiri pishgandan so'ng, sovugach, yaxshilab yog'lab, polietilen paketga solib, 1-2hafta davomida sovutgichda saqlasa ham bo'ladi | |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |