10:05 Chuchvaraning tugilishi | |
![]() Hamir uchun masalliqlar: -un -tuxum -tuz, suv Nachinkasi uchun masalliqlar: -100gr qiyma -1 bosh piyoz -ziravorlar -tuz Tayyorlanishi: O'rtacha yumshoqlikda hamir qoriladi. 30minga usti yopilib, tindirib qo'yiladi. Nachinka tayyorlash: 1.Oddiy usul: Piyoz 0,5sm uzunlikda to'g'raladi va go'sht, tuz va ziravorlar bilan yaxshilab aralashtiriladi. 2.Qovurma usul: Qizigan yog'da piyozni ozgina so'liguncha past olovda qovurib, songra go'sht, tuz, ziravorlar solinib 1-2 min qovuriladi. Tugishdan oldin sovutiladi. Qovurma usul mazaliroq chiqadi. Chuchvaraning tugilishi: 1.Hamirni osti ko'rinadigan yuqalikda yoyib, 3x3(yoki 4x4,5x5)sm uzunlikda kesiladi. 2.Nachinka hamirning yuqoriroq qismiga solinib, buklab chetlari yopishtiriladi. ![]() (Agar yaxshi yopishmasa biroz suv bilan namlanadi) ![]() 3.Yuqoridagi ikki burchak biroz qayiriladi. 4.Patsdagi buklanmagan qismini chap ko'rsatkich barmoq bilan ushlanib, o'ng barmoqlar bilan orqaga aylantiriladi. ![]() 5.Uchlari bir-biriga yopishitirladi. ![]() ![]() Xoxlovchilar muzlatgichda(morozilnik) 5 kun mobaynida saqlashlari mumkin. | |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |