Monday, 25.11.2024, 15:30
Welcome, Guest
Asosiy » 2012 » February » 26 » Do'lma
09:24
Do'lma
Do'lma
                                                     
 
Kerakli masalliqlar:
-100gr yog'li qiyma
-100gr guruch
-1 bosh piyoz
-tuz,murch,zira
-tomat(qizartirish uchun)
-1 osh-qoshiq o'simlik yog'i
-Tok bargi.
 
Tayyorlanishi:
Piyozni mayda to'g'rab, barcha masalliqlarni aralashtiramiz. Tuzni ta'bga ko'ra solamiz,0.5 choy qoshiqdan ziravorlarni solamiz.
Tok bargi barra(svejiy) bo'lsa, undan bandlarini olib tashlab, ustidan qaytagan issiq suvni quyamiz, yumshagandan so'ng(1-2min) suvni to'kib tashlaymiz va tez sovishi barglarni orasini biroz ochamiz.
Agar tok bargi konservalangan yoki uzbda tayyorlanadigan baklajkaga solingan bo'lsa, uni shundoq yuvib yubirshni o'zi kifoya qiladi.
 
Tok bargini yoyamiz.
Qiymani barg kattaligiga qarab solamiz va uzunchoq shakl beramiz.
 
Tugishda 2 xil usuldan foydalansa bo'ladi:
1. Avval bargning yon tomonlarini ichkariga qayiramiz. So'ng bosh tomonini qayirib, keyin dumalatamiz.
 
2.Avval bargning bosh tomonini ichkariga qayiramiz. So'ngyon tomonlarini qayirib, keyin dumalatamiz.
      
 
Quruq qozonga tugilgan qismini pastga qaratib(barg ochilib ketmasligi uchun) yonma-yon terib chiqamiz. Judayam zich yoki orasi judayam keng bo'lmasligi kerak. Zichligidan yaxshi pishmay qolishi, orasi kengligidan barglar ochilib ketishi mumkin.
 
Ustki qismi suvdan chiqib ketmasligi uchun ustidan likopcha bilan yopamiz va masalliqni 1m balandlikda ko'madigan qilib suv solamiz va 1 chimdim tuz solamiz. Bu xolatda do'lma quruqroq bo'lib pishadi, shu suvga yana 0.5 piyolacha suv solsak do'lma suvliroq chiqadi. Ustki qismida suv qolmagandan keyin likopchani olib qo'yamiz. Do'lmani suvliroq bo'lishi hohlasangiz, likopchani olgan vaqtingizda kuzatsangiz, suv pastki qismida biroz qaynayotgan bo'ladi, shunda bitta do'lmadan olib yeb ko'ring, agar pishgan bo'lsa olovni o'chiring. Agar quruqroq pishsin desangiz ,suvi qolmaguncha(qozondan ozgina qisirlash ovozi eshitiladi) olovini o'chirmang.
 
Yoqimli ishtaha!
Bo'lim: Quyuq taomlar | Ko'rilgan: 1661 | Maqola egasi: Admina | Tags: do'lma | Reyting: 0.0/0
Umumiy fikrlar: 0
Name *:
Email *:
Code *: