Monday, 25.11.2024, 13:52
Welcome, Guest
Asosiy » 2012 » March » 18 » Hamir bilan tanishuv
16:21
Hamir bilan tanishuv
1-resept. 
-300gr un, 1osh-q o'simlik yog'i, 200gr suv=hamir qorilib,yaxshilab mushtlanadi, bir necha kun davomida sovutgichda saqlash ham mumkin.
2-resept:
-2stakan un, 1stakan mayda tuz, 1stakan suv, oshhonada ishlatiladigan bo'yoq, 2osh-q o'simlik yog'i =hamir qoramiz, bu hamirni ham sovutgichda uzoq vaqt saqlash mumkin.

1-bosqich:
Bolaga hamir haqida ma'lumot berish, hamir un va suvdan qoriladi deb tushuntirish, hamir degan so'zni ko'p ishlatish kerak. 6oydan katta bolalar bilan shug'ullanish mumkin, 18oylikdan kichik bolalarni hamirni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'lish va doimo bolaning yonida bo'lish talab qilinadi.
Bolaga hamir berib, uni barmoqlar bilan ushlashni, ustidan bosish, barmoqlar bilan chuqurchalar qoldirish va hkzlar ko'rsatiladi. Hamir ustidan biror narsa izi tushiriladi va bu ish haftada 1-2marta qaytariladi. Hamirga kaft bilan  urib yoyish ko'rsatiladi, bolani qo'li bilan ham huddi shunday qilinadi. Har urganda ovoz berilsa bolaga judayam qiziq ko'rinadi.
CHap-chap-chap uramiz, dumaloq non yasaymiz


2-bosqich:
Hamirni ikki barmoq orasiga olish, kaftlarni harakatlantirib hamir shaklini o'zgartirish.
Biror bir koptokcha, yong'oq, fasol, no'xot kabi narsani olamiz. Avval biror bir mato bilan bolaning ko'z oldida koptokchani yashiramiz, qani koptokcha, voy qayoqqa ketdi, deb savol berib, qani dastro'molni ostini ko'raylikchi deb koptokchani olamiz va ana koptokcha bu yerda ekan deb o'ynaymiz va bu o'yinni 2-3marta qaytarib(bolani yoshiga qarab,katta yoshdagi bolalar uchun 1martani o'zi yetarli) o'ynaymiz.
Keyin  yoyilgan hamir orasiga koptokni qo'yamiz va no'xotni hamir orasiga yashiramiz. 
Qani topamiz deb birga bola bilan topamiz, bola o'zi topishni uddalay boshlasa o'ziga topdiramiz. 
Shunday yo'nalishda bolaga hamirni yoki plastilinni tanishtirish mumkin.

Internetdan olingan rasmlardagi fikrlardan ham foydalanish mumkin.
Bo'lim: Vaqtli rivojlantirish bo'yicha maslahatlar | Ko'rilgan: 1236 | Maqola egasi: Admina | Reyting: 2.0/1
Umumiy fikrlar: 1
1 muni  
0
tushunarli zur

Name *:
Email *:
Code *: