14:15 Hayvonlarni bolalarga o'rgatishni boshlanishi | |
Bola 6oylik bo'lgach, hayvonlarni o'rgatish uchun har kun 1mahal(yoki 3mahal) 5ta kartochka ko'rsatishdan boshalanadi. 5ta kartochka olinadida bola qorni to'q, uxlagan vaqtida, 3marotaba ko'rsatiladi, bunda ona ko'zi bolani ko'zida bo'lishi lozim, yani yuzma-yuz. Har bir kartochka 1-2sekund vaqt tez ko'rsatiladi, sekin ko'rsatishdan bola zerikishi mumkin, shunday qilib har bir kartochka 3martadan ko'rsatiladi, lekin agar bola bir marta ko'rsatlgandan keyin darrov zeriksa unda darrov to'xtatiladi. Hayvonlarni asosan ko'chada ko'proq uchratiladigan hayvonlardan boshlash maqulroq. Mushuk, kuchuk, qush, baliq va hkz. Iloji boricha hayvonlarni ovozi chiqadiganlarni ko'rsatish kerak, misol uchun kuchuk deb vov-vov deyiladi, keyin mushuk deb miyau-miyau deyiladi va hkz. Ko'chaga chiqilganda ham mushuk o'tsa ana mushuk miyau, ana kuchuk vov-vov deb eslatib o'tiladi. Bu mashqni har kun bajarish lozim, agar orada kunlar o'taversa yoki o'rgatish tartibli vaqt va kunda bo'lmasa bolani bunga qiziqishi qolmaydi. 3kundan so'ng har kun 1tadan kartochka ko'poaytirib boriladi. kartochkalar 7tacha miqdorga yetganda avvalgi 5ta kartochka bittadan kamaytirib boriladi, lekin hamma o'tilgan hayvonlar kitoblarda, videolarda, ko'chada, hayvonot bog'ida domiy ravishda hayvon turi aytilib takrorlab turiladi. Misol: 10oylik bolaga: Kitobda kuchuk ko'rsatish, voyy ana kuchuk borakan, kuchuk, kuchuk, vov-vov-vov deb bolani qorniga yo qo'liga tegish mumkin yoki kuchuk qayerga ketyapti, ana kuchuk mushukni ko'ribdi, bolani ko'ziga tez-tez qarab turish kerak(bola uchun ona qiziqroq hayvonlardan,ona doimiy ko'zi va e'tibori bolada bo'lsa bola bu mashg'ulotlardan mazza qiladi)myau deb yana qandaydir bolaga yoqimli harakat qilish lozim, 10oylik bolani mindirib olish mumkin old tomonga va hkz Bolaga hayvonlarni o'rgatib turib, 1-2oysiz bu nima, yoki kuchuk qani deb surash kerak emas, bu bolaning o'rganish tezligiga bog'liq, bir oydan so'ng so'rab ko'rsangiz ko'rsatsa rossa hursand bo'lganingizni bildiring va oradan yana 2-3kun o'tgandan so'ng yana 1-2ta hayvonni so'rang va hkz.
| |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |