Monday, 25.11.2024, 15:26
Welcome, Guest
Asosiy » 2012 » March » 1 » Kurdan kebab-Turkiya taomi
14:40
Kurdan kebab-Turkiya taomi

!!! BISMILLAH!!!

Masalliqlar( 3kishi uchun):

-3dona urug’i kamroq baqlajon

-1dona bolgarskiy

-1dona pamildori

-1osh-q tomat pastasi

-1osh-q o’simlik yog’i

Nachinkasiga:

-150-200gr qiyma go’sht

-0.5ta tuxum

-0.5ta piyoz

-tuz,murch,ziravorlar

 

 

Tayyorlash:

Tomat pastasiga 0.5stakan suv qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.

Bolgarskiy va pamildorini kvadrat shaklida to’g’rab olamiz.

Baqlajonni esa uzunasiga parrak qilib to’g’raymiz. va past olovda qizigan yog'da qovurib olamiz.

Nachinka masalliqlari qiyma+tuxum+qirg’ichdan chiqarilgan piyoz+tuz+murchni solib aralashtiramiz.(Hohishga ko’ra petrushka qo’shilsa ham bo’ladi)

Baqlajonni quidagicha joylashtiramiz.
<!--[if !supportLineBreakNewLine]-->
<!--[endif]-->

Qiymamizni baqlajon markaziga qo’yib, avval pastki baqlajonni qayirib, so’ng ustki qismini qayirib, o’raymiz.

Har bir o’ragan baqlajon ustiga avval pamildori bo’lagini va bolgarskiyni qo’yib, ustidan cho’pchalarni tiqib joylashtiramiz. Chuqurroq idishga joylab, ustidan 0.5stakan suv quyib 160Cda qizib turgan duxovkaga qo’yamiz.

10daqiqadan so’ng tomat pasta aralashmamizni quyamiz va yana qizarguncha(15-20minut) duxovkaga qo’yamiz.

 

 

Bu tomat pasta aralashmasisiz pishirilgan baqlajonlar(tomat pasta o’rniga 1daqiqadan so’ng yana 0.5stakan suv quyamiz)

Alloh hayr bersin!

 

resept http://forum.say7.info/topic23635.html saytidan olindi

Bo'lim: Quyuq taomlar | Ko'rilgan: 1041 | Maqola egasi: Admina | Tags: kurdan kebab | Reyting: 0.0/0
Umumiy fikrlar: 0
Name *:
Email *:
Code *: