10:35 Pegodi | |
Masalliqlar(8dona uchun): Nachinkasiga -100gr mayda to’g’ralgan go’sht -1dona piyoz -3ta karam bargi -tuz, ziravorlar -markovka salati Hamiriga: -2st un -1stdan kamroq iliq suv -1choy-q tuz -1choy-q droja -bir chimdim shakar -1osh-q o’simlik yog’i Tayyorlash: Avval oshirma hamir qoramiz(http://pazanda.ucoz.com/news/2009-07-16-119). Unga avval tuz va drojani solib, so’ngra iliqdan issiq suvni solib qo’lga yopishadigan hamir qoramiz va yuzasiga 1osh-q o’simlik yog’i quyib, Issiq joyga qo’yamiz(o’rab) Qizigan yog’da piyozni 1daqiqa qovurib, go’sht solamiz va oqargach, somoncha to’g’ralgan karamni, tuz va ziravorlarni solib, aralashtirib, darhol olovni o'chiramiz. Hamirimiz oshgach, kichik bo’laklar olib, yog’ surilgan joyda qo’lda yoyib, o’rtasiga sovugan nachinkani solib tugamiz. Murabbo yuzasiga panjara shaklida hamirni yoyib chiqamiz. Yog’ surilgan qasqonga solib, olovga qo’yamiz va 30-35 daqiqa bug’da pishiramiz. Pishgach, tugilgan joyini ochib, mayonez, ketchup surib, so’ng markovka salati dan solamiz. Taomimiz tayyor! Alloh ikki dunyoda hayrli qilsin! | |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |