10:28 Ro'ti-Hindiston taomi | |
Bu Xindistonning mashhur va mazali noni bo’lib, uni nafaqat xind ahli, balki boshqa milatlar ham sevib iste’mol qilishadi. Ayniqsa endi pishgan issiqlik paytida rotini ushatsangiz, qatlam-qatlam bo’lib, ajoib mazasi bo’ladi Masalliqlar: -1stakan suv -1.5stakan un(qolgani kelishtirib solinadi) -2choy-qoshiq tuz -2 osh-qoshiq o’simlik yog’i Tayyorlash: Suvga tuz va 1 osh-qoshiq yog’ni solib, aralashtirib, un solib ancha yumshoq hamir qoramiz va ustidan 1 osh-qoshiq yog’ni quyib 20min tindiramiz. 3 yoki 4 bo’lakka bo’lamiz va pishirishdan oldin har birini zuvalasini yasaymiz. O’qlovda yoyib, tovaga solib pishiramiz.(olov pastdan biroz yuqori). Maslahatlar: 1. Zuvalani uni pishirishdan avval qilish kerak, chunki hamirimiz juda yumshoqligidan suvala yumshab, yoyganimizda shakli dumaloq chiqmasligi mumkin. 2. Zuvalani yoyishdan avval taxtakachni biroz o’simlik yog’ida yog’lab olib, aksholda hamir taxtakachga yopishib qolishi mumkin. 3. Rotini tovaga solayotganingizda tova qizigan bo’lishi lozim. Videosi | |
|
Umumiy fikrlar: 0 | |