Monday, 25.11.2024, 15:19
Welcome, Guest
Asosiy » 2012 » February » 26 » Tuxumbarak
10:01
Tuxumbarak
                                             
Masalliqlar:
Xamiriga:
-100 ml(0.5 st) suv
-1ta tuxum
-140 gr(1 st) un – qattiqroq xamir bo’lgunicha un solinadi
-1 choyqoshiq tuz
-1 oshqoshiq yog’ 
Nachinkasi:
-6 ta tuxum
-12 oshqoshiq sut (1 tuxumga 2 oshqoshiq sut, 1 oshqoshiq saryog' to’g’ri keladi)
-0.5 choyqoshiq tuz
-6 osh qoshiq saryog(o’simlik yog’I solsa ham bo’ladi)
  
-qozonda qaynab turgan suv
 
Xamirini tayyorlash:
-Suv, tuxum, un va tuzni solib xamir qoriladi.  Tayyor bo’lgan xamirga 1 osh qoshiq o’simlik yog’I solib singgunicha qoriladi va 15 minutga tindirib qoyiladi.
  
-Tingan xamirni yupqa qilib yoyamiz.
 
-Yoygan xamirimizni radiusi taxminan 3sm lik idishda(masalan, stakan) kesib chiqamiz.
 
-Kesilgan xamirning ichki qismi yopishmasligi uchun unga belab, chiziq hosil qilish uchun o’rtasidan buklanadi.
 
  

-Qayta ochib, chiziqning bir tomoniga o’rtasidan joy qoldirib, jimjiloqning uchini tuzli suvga botirib hamirning ikki chetiga suriladi, keyin yopishtiriladi. Chekkalarin unga tekkazib, terib chiqiladi.

  
  
Nachunkaning tayyorlanishi :

-Tuhumiga sut sariyog’ tuz solib pichoqda yahshilab aralashtiriladi

  
Pishirish:
-Taxlangan xamirni ochib, nachinkani solib, og’zini yopsihtirib, qozonda qaynab turgan tuzli suvga tuxumbaraklarni solamiz.
 
 
 
-Tuxumbaraklar suv yuzasiga qaynab chiqqach, biroz qaynagandan keyin olinadi. Tuxumbarak shishib turgan bo’lishi kerak. Hammasini shu tarzda pishirib, kattaroq idishga suzib olamiz. Bir-biriga yopishmasligi uchun saryog’ surib chiqamiz.
-Tuxumbarak tayyor! Likopchaga suzib dasturxonga tortamiz. Alloh barakot bersin!
Bo'lim: Quyuq taomlar | Ko'rilgan: 1066 | Maqola egasi: Admina | Tags: tuxumbarak | Reyting: 0.0/0
Umumiy fikrlar: 0
Name *:
Email *:
Code *: